
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O‘runovning "Rubin"ga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"O‘runovning "Rubin"ga o‘tishi mumkinligini eshitdim. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida uni doim maydonga tushishini istayman. Bu "Spartak" yoki "Rubin" safida bo‘lishi unchalik muhim emas. Albatta, u "qizil-oqlar" tarkibida o‘ynasa yaxshi bo‘lardi.
"Spartak"da O‘runovga kam o‘yin amaliyoti berilayotganligi haqida gapirish og‘ir. Agar u jarohat olmagan bo‘lsa, demak, Oston raqobatda yarim himoyaning boshqa vakillariga yutqazmoqda. Ammo, afsuski, u jamoamizga ham jarohat bilan kelgandi.
Agar O‘runov "Spartak"da qolsa, u hali ham o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oldinda qishki tanaffus kutib turibdi. Mashg‘ulotlar mobaynida hamma narsa bo‘lishi mumkin. Istalgan futbolchi yig‘inlarda o‘zini ko‘rsata oladi", - deya Abramov so‘zlarini "Vseprosport.ru" nashri keltirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar