
Rossiya terma jamoasi va “Zenit”ning sobiq bosh murabbiyi Anatoliy Bishoves “Spartak”dagi o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Gazizovning ketishi bu ishchi holat. Aslida bosh direktor yoki sport direktori jamoaning maydondagi natijalarga ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki ularning asosiy vazifasi bosh murabbiyning bemalol ishlashi uchun sharoit yaratib berish. Baribir jamoani shakllantirish mas’uliyati uning bo‘ynida. Shunga qaramay, jamoa bosh murabbiy talabi asosida yangi futbolchilar bilan to‘ldiriladi.
Transferlar haqida gapiradigan bo‘lsam, Oston O‘runov va Aleksandr Kokorinning taklif etilishi o‘zini oqlamadi, - dedi Anatoliy Bishoves.
Yozda "Ufa"dan "Spartak"ga 1,5 million yevro evaziga transfer qilingan Oston O‘runov premer-liga va Rossiya kubogida jami sakkiz marta maydonga tushib, bitta gol urdi. Ayni paytda o‘zbekistonlik legionerni "Rubin" va "Ufa" kabi jamoalar ijaraga olishni rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar