22:53 / 11.12.2020
4 289

Bahodir Jalolov jahonning mashhur nashri tomonidan e’tirof etildi

Bahodir Jalolov jahonning mashhur nashri tomonidan e’tirof etildi
"Big Uzbek" nomiga ega havaskor boksda jahon chempioni hisoblangan Bahodir Jalolov O‘zbekistondan bo‘lib, superog‘ir vazn toifasida o‘z faoliyatini olib bormoqda. 2019 yilgi jahon chempioni sifatida tanilgan chapaqay Jalolov 2017 va 2019 yilgi Osiyo chempioni hamdir.

Jalolov 2016 yilgi Rio Olimpiadasida O‘zbekiston bayroqdori edi. Ammo ushbu musobaqada unga oltin medal nasib etmagan. Hozirda profescional boksda 6-0 statistikaga ega Jalolov 2021 yil iyul oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tokio Olimpiadasida oltin medalga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Kaliforniyaning Indio shahrida o‘z mashg‘ulotlarini olib borayotgan Jalolov, jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli yurishidan so‘ng, Lina Lyuy u bilan edvayzorlik bo‘yicha ishlab kelmoqda. Hozirda Jalolov aka-uka Diaslar qo‘l ostida mashg‘ulot olib bormoqda.

Boks bo‘yicha eng mashhur nashrlardan biri hisoblangan "World Boxing News" Jalolov bilan intervyu tashkil etdi.

- Rio olimpiadasidan keyin o‘zingiz uchun qanday xulosalar chiqardingiz?
- Rio Olimpiadasida o‘z vatanim sharafini himoya qilganimdan mamnunman. Ammo bu yerda xalqaro maydonda raqobat qay darajada yuqori bo‘lishini angladim. G‘alabaga bo‘lgan xohish va ishtiyoqim har doimgidanda boshqacha. Meni Tokio Olimpiadasida nimalar kutishini yaxshi bilaman.

- Bu safargi tayyorgarlik jarayonida qanday o‘zgarishlar qilmoqdasiz?
- Rio Olimpiadasidan keyin profescional boksga ham qadam qo‘ydim. Bu narsa meni juda ham o‘zgartirdi. Havaskor boksda texnikali bokschi edim. Ammo profescionalda barcha raqiblarimni nokaut evaziga malg‘ubiyatga uchratdim. Hakamlar buni o‘tkazib yubora olmaydilar.

- Sizda sparring jarayonlarida mashhur raqiblar bo‘lganmi?
- Hozirda, anchagina kuchli tayyorgarlik jarayonini o‘tamoqdaman. Barcha raqiblarim o‘ziga xos kuchli bokschilar. Shu bilan birgalikda Filip Xrgovich va Luis Ortis kabi nomlar bilan sparring qilganman.

- Tokio Olimpiadasi xaqida fikrlaringiz?
- Menimcha, hech kim Tokio Olimpiadasi qoldiriladi deb o‘ylamagan edi. Lekin men bunga tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt deya qarayman. Yana o‘z vatanim sharafini himoya qilib, oltin medalni qo‘lga kiritishga harakat qilaman.

Ahmadbek Eshmatov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov jahonning mashhur nashri tomonidan e’tirof etildi