O‘zbek futbolchilari orasida eng sara iqtidorlari bisyor. Shubhasiz, Canjar Qodirqulov ulardan biri. 23 yoshli yarim himoyachi “Bunyodkor”da o‘yinlari bilan o‘zining o‘rnini topdi hamda Vadim Abramov unga milliy terma jamoada ham katta ishonch bildirayotganini bilamiz. Shuning uchun Sanjarning imkoniyatiga yuqori baho berayotganlar ham ko‘payib boryapti.
Yakuniga yetgan chempionatda Qodirqulov “Bunyodkor” tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga bitta gol urdi. Qolaversa, u olti marta assistentlik vazifasini ham bajargan. Endi esa o‘zining mehnati orqali keyingi faoliyatida tub burilish bo‘lishi kutilmoqda. Chunki Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous endi Sanjar bilan yaqindan hamkorlikni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida futbolchi sports.uz muxbirining ayrim savollariga javob bergan chog‘ida aytib o‘tdi.
- Dastlab yakuniga yetgan mavsum haqida so‘ramoqchiman. “Bunyodkor” uchun ham bir tekisda davom etmadi. Siz uchun qanday taassurotlar qoldirdi?
- Bu yil o‘zgacha o‘tdi. Pandemiya va muxlislarsiz o‘yinlar...sinovli yil bo‘ldi. Ham futbolda, ham hayot tarzimizda. Saviya borasida kelsak, barcha jamoalar harakat qildi. Lekin tan olish kerak, hech kimning “Paxtakor”ga kuchi yetmadi. Endi “Bunyodkor”ga to‘xtalsam, biz uchun ham og‘ir o‘tdi. O‘zinglar ham bilsanglar kerak, nima uchun qiyin bo‘lganini. Tayinli rahbariyat bo‘lmadi. O‘zi rahbariyat bo‘ldimi-yo‘qmi, sezmadik ham. O‘zimiz bilan o‘zimiz yuraverdik, sabr qilib. O‘yinlarimizda ham ko‘p ochko yo‘qotdik. Shuning evaziga 4-o‘rinni oldik, deb o‘ylayman.
- Kubok bahsidan “Bunyodkor”ning erta chiqib ketgani haqida nima deysiz? “Qizilqum” bilan uchrashuvda jamoada ishtiyoq sezilmagandek tuyuldi.
- Kubok bahslarida xato qilgan jamoa yutqazadi. Bu bitta o‘yindan iborat edi. Gol o‘tkazib yuborgan klub javob golini urishi qiyin kechadi. “Qizilqum” bilan uchrashuvda ham bitta gol o‘yin sur’atini o‘zgartirib yubordi.
- Rossiyalik ko‘zga ko‘ringan agent – Yuriy Belous siz haqingizdagi ma’lumotlarni Rossiya klublariga tarqatayotgani ma’lum bo‘ldi...
- Menga ham ushbu xabar haqida yuborishyapti. Lekin qaysi klub qiziqish bildiryapti, agent aynan kimga taklif qilyapti, bunisini bilmadim.
- Legioner sifatida to‘p surishga har tomonlama tayyorman, deb ayta olasizmi?
- Hamma futbolchilarning orzusi legioner sifatida to‘p surish bo‘lsa kerak, shu jumladan mening ham.
- Belous siz haqingizdagi ma’lumotlarni bejizga tarqatmagandir. U bilan hamkorlik boshladingizmi?
- Ha, u bilan uchrashganmiz va o‘rtamizda o‘zaro hamkorligimiz bor.
- Demak, ushbu mavsum “Bunyodkor”dagi oxirgi faoliyatingizni o‘tkazdingiz, deya hisoblasak bo‘laveradimi?
- “Bunyodkor” bilan shartnomam tugab boryapti. Biroq hali hech kim menga yangi shartnoma to‘g‘risida gapirgani yo‘q.
- Ayni paytda keyingi rejangiz qanday? O‘zingizga qanday takliflar kelib tushmoqda?
- 31 dekabrgacha “Bunyodkor” o‘yinchisiman. Albatta, rejalarim bor. Ammo bu haqida gapirishimga hali erta deb o‘ylayman. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.
- Sanjar, qaysi chempionatda o‘zingizni sinab ko‘rishni istaysiz?
- Hamma chempionatlarni kuzataman. Angliya chempionati qiziqarli kechadi. Rossiya, Ispaniya, Italiya kabi chempionatlar ham kuchli, albatta. To‘g‘risi, barchasida o‘z kuchimni sinab ko‘rgim keladi.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi