21:05 / 12.12.2020
2 866

Shamil Gazizov: «Spartak» bosh murabbiyi Oston O‘runovni yuqori baholaydi

Shamil Gazizov: «Spartak» bosh murabbiyi Oston O‘runovni yuqori baholaydi
Foto: Yandex Photos
«Spartak» sobiq bosh direktori Shamil Gazizov yarim himoyachi Oston O‘runovning moskvaliklar safida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani haqida gapirdi.

- «Spartak»da har doim qiyin. Kamdan kam o‘yinchi kelishi bilan natija namoyish qiladi. Ulardan biri — Mozes, u kelishi bilan o‘zini ko‘rsata oldi. Hatto Aleksandr Kokorin ham qiynalmoqda, u esa bilishimcha, Rossiyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Ostonga keladigan bo‘lsak, u hali yosh va moslashishi uchun vaqt kerak. Bu futbolchilarni qanday baholayotganini murabbiydan so‘rash kerak. Menga ma’lum bo‘lishicha, Tedesko ularga yuqori baho bermoqda.

Ostonga qiziqayotgan orasida «Rubin»dan boshqa jamoalar ham bor. Futbol bozorida buni hamma biladi. Bu kurashishga arziydigan aktiv, - dedi Shamil Gazizov.

Eslatib o‘tamiz, «Spartak»ka yozda kelgan Gazizov dekabr oyida poytaxt klubini tark etdi.

O‘runov Rossiya chempionati 2020/21 yilgi mavsumida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi (bir marta asosiy tarkibda) va birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi. U shuningdek, Rossiya Kubogi doirasida bitta o‘yin o‘tkazib, «Spartak»dagi debyut golini urdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shamil Gazizov: «Spartak» bosh murabbiyi Oston O‘runovni yuqori baholaydi