O‘zbekiston Coca Cola Kubogi finali AGMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yindan keyin olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov final haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Yaxshi tayyorlangan edik. Menimcha, birinchi taymda ancha yaxshi harakat qildik. Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham aytib o‘tgan edim: kichkina xatolarga yo‘l qo‘yish ham kerak emas. "Paxtakor" qarshi hujumda gol urib ketdi. Ikkinchi bo‘lim avvalidagi xato tufayli gol o‘tkazib yuborib, ruhiy ustunlikni boy berdik. Uchinchi gol penaltidan kiritildi, VAR shunday qarorga keldi.
"Paxtakor"da ancha yaxshi saviyadagi futbolchilar jam bo‘lgan. Ular haqli g‘alabaga erishdi. Futbolda kimdir yutishi kerak. Biz mavsum davomida yomon harakat qilmadik. Mavsum uzun va qiyin kechdi. Yigitlarga dam kerak, kelayotgan yil yanada omadli kelishini tilab qolaman", - dedi Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi