Foto: Instagram/@shota_arveladze
«Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze «sherlar» boshqaruvini tark etdi. Bu haqda gruziyalik mutaxassis Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
- "Uch yil o‘tdi. Bugun «Paxtakor» bosh murabbiyligidan ketyapman. Mana shu zavqli, chiroyli va muvaffaqiyatli uch yil uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar, jamoa, o‘yinchilar va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Bu klubni boshqarish imkoniyatini yaratgan rahbariyatga ham tashakkur.
Klubga kelajakda g‘alabalar va yanada kuchli bo‘lishni tilayman. Endi «Paxtakor» murabbiyi emasman, biroq men avvalgidek uning muxlisi bo‘lib qolaman. Bu men uchun katta tajriba bo‘ldi va bu yerdagi hayot fantastik edi. Biz juda yaxshi jamoa bo‘ldik va men hech qachon sizlarni unutmayman", - dedi «Paxtakor» sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze.
Arveladze 2017 yilda «Paxtakor» boshqaruviga keldi. Mutaxassis «sherlar» bilan ikki martadan O‘zbekiston chempionligi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Liga Kubogining ilk chempioniga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi