07:00 / 24.12.2020
3 495

Odil Ahmedov yaqin ikki mavsumni qayerda o‘tkazishi aniq bo‘ldi

Odil Ahmedov yaqin ikki mavsumni qayerda o‘tkazishi aniq bo‘ldi
Milliy terma jamoamizning sardori va yetakchisi Odil Ahmedov hozirda qishki ta’til tufayli yurtimizda ekanligidan xabaringiz bor.
Ma’lumki, joriy yilgi mavsumning o‘rtalarida “Shanxay SIPG” jamoasini tark etib, “Tyanszin Teda” klubiga ko‘chib o‘tgandi.

O‘sha mahalda Odil Ahmedovning yangi klubi Xitoy Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgandi va hamyurtimiz “Tyanszin Teda” safida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Yakunda esa uning jamoasi Superligada qolish vazifasini bajardi.

33 yoshli hamyurtimiz kelasi mavsumni ham yana “Tyanszin Teda” jamoasida o‘tkazadimi yoki boshqa klubga ko‘chib o‘tadimi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirib kelayotgandi. Futbolchining keyingi rejalari qanday? Bu masala bo‘yicha Odil Ahmedov yakuniy qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, terma jamoamiz sardori “Tyanszin Teda” bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov yaqin ikki mavsumni qayerda o‘tkazishi aniq bo‘ldi