Milliy terma jamoamizning sardori va yetakchisi Odil Ahmedov hozirda qishki ta’til tufayli yurtimizda ekanligidan xabaringiz bor.
Ma’lumki, joriy yilgi mavsumning o‘rtalarida “Shanxay SIPG” jamoasini tark etib, “Tyanszin Teda” klubiga ko‘chib o‘tgandi.
O‘sha mahalda Odil Ahmedovning yangi klubi Xitoy Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgandi va hamyurtimiz “Tyanszin Teda” safida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Yakunda esa uning jamoasi Superligada qolish vazifasini bajardi.
33 yoshli hamyurtimiz kelasi mavsumni ham yana “Tyanszin Teda” jamoasida o‘tkazadimi yoki boshqa klubga ko‘chib o‘tadimi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirib kelayotgandi. Futbolchining keyingi rejalari qanday? Bu masala bo‘yicha Odil Ahmedov yakuniy qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, terma jamoamiz sardori “Tyanszin Teda” bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi