23:07 / 26.12.2020
3 999

Farruh Sayfiyev: "Masharipovning ketishi deyarli hal bo‘ldi. Shota Arveladze esa..."

Farruh Sayfiyev: "Masharipovning ketishi deyarli hal bo‘ldi. Shota Arveladze esa..."
Bugun Toshkentdagi "Zarafshon" tantanalar zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim boshlanishi oldidan "Paxtakor" futbolchisi Farruh Sayfiyev qisqa intervyu berdi.

"Kelayotgan yangi yil bilan barchani tabriklayman. Pandemiya sabab ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. "Paxtakor" uchun mavsum qiyin o‘tdi deb o‘ylayman. Ichki chempionatimizda ham deyarli uch oyga yaqin tanaffus yuzaga kelgandi. OCHLda ham ancha yaxshi to‘p tepdik, "Persepolis" bilan o‘yinda biroz omad yetishmadi. Jaloliddin Masharipovning o‘yin boshida qizil kartochka olgani qaysidir ma’noda ta’sir qildi. Agar chetlatish bo‘lmaganida bu jamoa to‘sig‘idan o‘tishimiz mumkin edi.

Chorak finaldan oldin Shota Arveladze telefon orqali ko‘rsatmalarini berdi. Uning yordamchisi Piter Xyuistra o‘rnini bilintirmaslikka harakat qildi. Shota Arveladze haqida ijobiy fikr bildirishim mumkin. U o‘z ishining ustasi, maydonda ham, maydondan tashqari ham proffessional.

"Paxtakor" bilan yana ikki yillik shartnomam bor. Jamoamizdan Jaloliddin Masharipovning ketishi deyarli hal bo‘ldi. 2-3 nafar futbolchining shartnomasi yakuniga yetgan. O‘ylaymanki keyingi mavsumda ham jamoamizning o‘zagi saqlanib qolinadi
", - deydi Sayfiyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Farruh Sayfiyev: "Masharipovning ketishi deyarli hal bo‘ldi. Shota Arveladze esa..."