“Nasaf” to‘purari Bobur Abduxoliqov uchun bu mavsum o‘zgacha o‘tdi. U hujumchi sifatida o‘z vazifasini bajardi. Jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. Yilning ramziy terma jamoasidan ham o‘rin oldi.
Abduxoliqov futbolchilik faoliyatini faqat “Nasaf”da o‘tkazib kelayotgandi, ammo endi klubini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Sports.uz saytiga keyingi taqdiri borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Pandemiyani hisobga olmaganda, 2020 yil yaxshi o‘tdi. Masalan, jamoamiz bilan kumush medalni qo‘lga kiritdik va yaxshi o‘yinlarni o‘tkazdik. To‘purarlar poygasida ham ikkinchi o‘rinni oldim. O‘zim uchun ham mavsumni qoniqarli o‘tdi deb bemalol ayta olaman. Baribir xulosa qiladigan bo‘lsak, natijalarimiz ijobiy. Kelasi yili o‘z ustimda ishlab bundan ham yuqoriroq natijalar ko‘rsatishga harakat qilaman, - deya gap boshladi, hujumchi.
- Ro‘ziqul Berdiyev yakunda ikkinchi o‘rin qo‘lga kiritilishini kutmaganligini aytdi. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi?
- Rostini aytsam, bizda yosh jamoa edi. Har yili jamoamiz yoshlar bilan yangilanayotgandi. To‘g‘risi, ikkinchi o‘rinni hech kim kutmagandi deb bemalol ayta olamiz. O‘yinlarimiz shuni ko‘rsatdiki, biz shu tarkib bilan ham sovrinli o‘rinlar uchun bemalol kurasha oladigan jamoaga aylandik.
- “Nasaf” yaxshi natija ko‘rsatganiga qaramay, hali ham futbolchilarga medallar topshirilmagani, qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilmagani aytilmoqda. Bu hol kayfiyatga qanchalik ta’sir qilyapti?
- Rahbariyat bizga barcha muammolarni hal qilamiz deb aytishgan. Ularning gaplariga ishonamiz. Kutyapmiz, hal bo‘lib qolar, yaqin kunlarda. Hali medallar berilmadi.
- Sizga Gretsiyadan taklif borligini bildik. Legioner sifatida to‘p surishingizni ko‘pchilik istayapti, chunki bu futbolimizga ham foydali. Gretsiyaliklar bilan muzokara qanday ketyapti?
- Gretsiya klubidan taklif borligi rost. Lekin yanvarda bir to‘xtamga kelamiz. Hozir esa hali aniq emas. Muzokaralar davom etyapti.
- Gretsiyaning qaysi klubi qiziqyapti?
- Sir bo‘la qolsin, ammo asosiy ligasidan.
- Lekin sizga Osiyodan ham takliflari borligini bilamiz...
- Osiyodan ham takliflar bo‘lyapti. Aytganimdek, yanvar oyida yakuniy qarorga kelamiz. Qaysi biri qulayligini ko‘rib chiqamiz, xulosaga kelamiz.
- Futbolchi sifatida ko‘proq qayerda o‘sishga erishaman deb o‘ylaysiz, Osiyodami yoki Yevropadami?
- O‘sishimga Yevropa jamoalari ko‘proq hissa qo‘shsa kerak deb o‘ylayman, Osiyoga nisbatan. To‘g‘ri, o‘zimizning qit’ada ham kuchli chempionatlar bor. Baribir yevropaliklar futboli har tomonlama kuchli deb o‘ylayman. U yerda futbolchiga hamma narsa bor, o‘sishi uchun.
- Demak, bundan chiqdi, sizni Gretsiya chempionatida ko‘rishimiz ehtimoli ko‘proqmi?
- Ehtimoli yuqori deb ayta olmayman. Balki yana boshqa qiziqarli takliflar bo‘lib qolishi mumkin. Shunga qarab keyin xulosa chiqaramiz, variantlardan birini tanlaymiz. Balki Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ham taklif bo‘lib qolishi mumkin.
- “Nasaf” bilan shartnomangiz tugayotgani uchun sizni klubdan ketdi deb hisoblasak bo‘ladimi?
- Ha, “Nasaf” jamoasidan ketdi deb hisoblasangiz ham bo‘laveradi.Endi chetga ketaman deb o‘ylayman.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi