21:45 / 31.12.2020
2 083

“Formula-1” poygachisi Lyuis Hemiltonga ritsarlik unvoni berildi

“Formula-1” poygachisi Lyuis Hemiltonga ritsarlik unvoni berildi
Foto: Der Spiegel
Avtopoygachi Lyuis Hemilton, kinooperator Rojer Dikins hamda koronavirusga qarshi o‘nlab kurashchilar Buyuk Britaniyaning faxriy unvon va ordenlariga sazovor bo‘ldi. Mukofotlanganlar ro‘yxati Britaniya hukumati saytida e’lon qilindi. Ro‘yxatdan mingdan ortiq mashhur va oddiy britaniyaliklar joy olgan.

“Formula-1”ning yetti karra chempioni Lyuis Hemiltonga avtosport sohasidagi xizmatlari uchun ritsarlik unvoni berildi. Kinooperator Rojer Dikins ham ana shu unvonga loyiq ko‘rildi.

Futbol bo‘yicha 1966 yilgi jahon chempionlari Jimmi Grivz va Ron Flauers hamda xonanda Kreyg Devid Britaniya imperiyasi ordeni kavalerlariga aylanishdi. Aktyor Tobi Jons Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri bo‘ldi.

Koronavirusga qarshi kurashda qatnashgan ko‘plab fuqarolar ham mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.

Britaniya davlat mukofotlari sohiblari nomi bir yilda ikki marta – yangi yil va iyunda, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning tug‘ilgan kuni arafasida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Formula-1” poygachisi Lyuis Hemiltonga ritsarlik unvoni berildi