Yozgi transferlar vaqtida Eldor Shomurodovni xarid qilgan “Jenoa”da bosh murabbiyning o‘zgargani o‘zbek futbolchisining Genuya klubidagi faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘rinadi.
Italiya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, Ballardini jamoaga o‘zi yoqtirgan va kashf qilgan Kshishtof Pyontekni chaqirtirgan. Polshalik futbolchi keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olinmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, u Genuya klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Xo‘sh, Pyontekning kelishi Shomurodovning “Jenoa”dagi faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?
1) Shomurodov va Pyontek bir tipdagi hujumchilar. Ikkisining ham o‘yini atletizm va tezkorlikka tayanadi. Ular aslida gol urishni yaxshi o‘zlashtirgan hujumchilar toifasiga kirishiga qaramay, hozir ikkisida ham pasayish davom etmoqda. Bir biriga o‘xshash hujumchilarni tarkibda ushlab turishdan foyda yo‘q. Pyontek kelsa, asosiy forvard bo‘lishi haqiqatga ancha yaqin. Axir Ballardini qadrdon shogirdini zaxirada olib o‘tirish uchun chaqirmaydiku.
2) Ikkinchi hujumchi vazifasini ikki metrli Janluka Skamakka, tajribali Goran Pandev, to‘pni ushlab ura oladigan Mattia Destro yoki qanotlardan hujum uyushtirishga ixtisoslashgan Marko Pyatssa bajarishi mumkin.
3) Ballardini Shomurodovga ishonmaydigan ko‘rinadi. Rolando Maran jamoasining asosiy tarkibidagi joyini mustahkamlab borayotgan Eldor Shomurodov genuyaliklarning eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchisi bo‘lishiga qaramay, yangi murabbiy Davide Ballardini o‘zi boshqargan yagona uchrashuvda hujumchimizga umuman e’tibor qaratmadi. Ya’ni, eski yilning g‘alaba bilan yakunlangan so‘nggi o‘yinida Eldor maydonga tushirilgani yo‘q.
4) Pyontek “Jenoa” tarkibida porlaganidan beri hali ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q. Mahalliy muxlislar uni yaxshi ko‘radi va asosiy tarkibda o‘ynashini talab qiladi. Jamoa rahbariyati va klubning ashaddiy ishibozlari o‘rtasidagi munosabat qaltis ekanini inobatga olib, Kshishtof tomonlarni murosaga keltiradigan o‘yinchi sifatida asosiy tarkibdan muqim joy olishi kutilmoqda.
5) Pyontek jamoa tarkibidagi yetakchi o‘yinchilar bilan birga o‘ynagan va o‘zaro munosabati yaxshi. Pandev, Sturaro va Lerager kabi futbolchilar ko‘proq uni qo‘llab-quvvatlaydi. Jamoaga moslashishi vaqt talab etmaydi.
6) Pyontek 100 foiz Ballardinining o‘yinchisi. Polshalik hujumchini yulduz darajasiga ko‘targan aynan Ballardini bo‘ladi. Bu mutaxassis Rolando Marandan meros qolgan Eldor Shomurodovni ko‘tarishdan ko‘ra, eski shogirdini qayta porlashiga ko‘maklashishi aniq.
7) Pyontek “Jenoa”ga jami 25 million yevroga tushishi aytilmoqda. Bu summa ichiga ijara haqi va keyinchalik amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transfer summasi kiradi. Agar Kshishtofning kelishi uchun shuncha summa to‘lansa, u qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, asosiy tarkibdagi joyi kafolatlanadi.
Albatta, Kshishtof Pyontekning kelishi A Seriya o‘yinlariga moslashayotgan Eldor Shomurodov uchun qo‘shimcha bosim bo‘ladi. Biroq, hamyurtimiz ham raqobatdan cho‘chiydigan yoki osonlikcha taslim bo‘ladigan yigit emas. Balki Davide Ballardinining o‘zbekistonlik legionerga ham qandaydir rejasi bordir. Ishonganimiz shuki, agar yangi bosh murabbiy Shomurodovga ishonch bildirib, imkoniyat beradigan bo‘lsa, Eldor mahorat va salohiyat bobida Pyontekdan ham, boshqasidan ham qolishmasligini isbotlay oladi. Zero, sof raqobat o‘sishga xizmat qiladi, xulosa esa adolatli bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi