09:30 / 04.01.2021
2 043

WBA reytingi. O‘zbek bokschlari qaysi o‘rinlarni egallab turibdi?

WBA reytingi. O‘zbek bokschlari qaysi o‘rinlarni egallab turibdi?
Unga ko‘ra, reytingdan olti nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi - bu haqida olamsport xabar bermoqda. Bu oy bokschilarimizning reytingdagi ko‘rinishi quyidagicha:

E’lon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliyev shuningdek IBF yo‘nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan ikki bokschimiz - Shahram G‘iyosov olti, Shohjahon Ergashev esa sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi.
Birinchi o‘rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (-76,2 kg) esa 14-o‘rinda qolgan. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo‘lib turibdi.
Yarimog‘ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To‘laganov ham avvalgi oydagi kabi 14-o‘rinda qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBA reytingi. O‘zbek bokschlari qaysi o‘rinlarni egallab turibdi?