08:00 / 05.01.2021
2 632

Rustam Ashurmatov: "Yangi jamoa bilan kelishuvga erishdim"

Rustam Ashurmatov: "Yangi jamoa bilan kelishuvga erishdim"
"Gvangju" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov 2 yillik faoliyatidan so‘ng jamoa bilan xayrlashdi. Rustamning Ashurmatovning ma’lum qilishicha, u yangi klubi bilan kelishuvga erishgan. Tez kunlarda rasman bu haqda e’lon qilinadi.

– Ikki yillik faoliyatingizdan so‘ng "Gvangju" bilan xayrlashdingiz...
– Ha, "Gvangju" bilan xayrlashdim. Sababi, jamoa bilan tuzgan shartnomam yakunlangan edi. Ular yangi kelishuv taklif qilishdi, biroq o‘zim yanada kuchliroq klubga o‘tishni xohladim.

– Demak, Koreya chempionatida qolasiz yoki boshqa Ligaga yo‘l olmoqchimisiz?
– Koreya chempionatida qolaman. Ayni damda Koreyadaman. Yaqin kunlarda yangi jamoam nomi ma’lum bo‘ladi. O‘zim uchun bilaman, lekin klub e’lon qilgani ma’qul.

– "Gvangju"dagi 2 yillik faoliyatingizga to‘xtalib o‘tsangiz.
– Bu jamoadagi faoliyatimni bemalol omadli chiqdi deb ayta olaman. Sababi, birinchi yildayoq yuqori Ligaga ko‘tarildik. Key Ligada ham munosib ishtirok etdik deb o‘ylayman. Jamoa hozirgacha 6-o‘ringacha ko‘tarila olmagan. Yana bir narsani qo‘shimcha qilishm mumkin, 2019 yil eng yaxshi himoyachi nomiga munosib ko‘rildim. Bu esa menga yanada kuch bag‘ishladi. "Gvangju"ga katta rahmat aytaman, proffesional tarzda ancha o‘sishga erishdim.

– Jamoadan ketganingizdan so‘ng O‘zbek klublaridan ham takliflar bo‘ldimi?
– To‘g‘risi, Superliga klublaridan bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmadim. O‘zimni legioner sifatida yaxshi his qilyapman va mahoratimni oshirib boryapman. Bu o‘zim uchun ham, terma jamoa uchun foydali deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Ashurmatov: "Yangi jamoa bilan kelishuvga erishdim"