
Italiya A Seriyasi 16-turidan o‘rin olgan "Sassuolo" - "Jenoa" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ikkinchi taym avvalida Boga hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Eldor Shomurodov boshi bilan urilgan gol orqali muvozanatni tikladi. Bahs yakuni arafasida Raspadori hal qiluvchi golni kiritib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Ushbu o‘yindagi 3 ochko orqali "Sassuolo" onlayn jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Jenoa" esa 19-pog‘onada qoladigan bo‘ldi.
"Sassuolo" – "Jenoa" 2:1
Gollar: 1:0 – 52 Boga, 1:1 – 64 Shomurodov, 2:1 – 83 Raspadori.
"Sassuolo" – Konsili, Rojerio, Myuldyur, Ferrari, Ayxan, Djurichich (Raspadori, 74), Manyanelli (Burabiya, 58), Berardi (Defrel, 35), Lokatelli (Obiang, 74), Boga, Kaputo (Traore, 58).
"Jenoa" – Perin, Dzappakosta, Masello (Gilone, 57), Krishito, Chiborra (Pyatsa, 57), Badel (Rovella, 58), Radovanovich, Lerager, Zays (Destro, 82), Skamakka (Goldaniga, 71), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Krishito (12), Masello (23), Ayxan (39), Burabiya (59), Goldaniga (85), Myuldyur (86). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing