21:45 / 07.01.2021
2 450

Portugaliyalik mutaxassis Toshkentning «Lokomotiv»iga bosh murabbiy bo‘ladi

Portugaliyalik mutaxassis Toshkentning «Lokomotiv»iga bosh murabbiy bo‘ladi
Foto: Instagram
«Lokomotiv» klubi yangi bosh murabbiy nomini ma’lum qildi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoani portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra boshqarib boradi. «Temiryo‘lchilar» 47 yoshli mutaxassis bilan imzolangan shartnoma tafsilotlarini hali ochiqlamadi.

Sekeyra o‘z vaqtida «Braga» klubining turli yosh toifasidagi jamoalariga ustozlik qilgan. 2010/11 yilgi mavsumda asosiy jamoada bosh analitik lavozimida faoliyat yuritgan. 2011—2018 yillar oralig‘ida Portugaliya quyi ligalarining bir nechta jamoasida bosh murabbiylik qilgan. Uning so‘nggi ish joyi BAAning «An-Nasr» klubi bo‘lgandi. U yerda mutaxassis bosh murabbiy assistenti lavozimida ishlagan.

«Lokomotiv» 2020 yilgi mavsumni 9-o‘rinda yakunladi. Jamoa o‘tgan mavsumni Andrey Fyodorov qo‘l ostida boshlagandi, mavsum davomida mutaxassis qoniqarsiz natijalar sabab iste’fo berdi. Uning o‘rnini vaqtincha Dilshod Nuraliyev egallab turdi. Keyinchalik «Lokomotiv» Andrey Miklyayevni bosh murabbiy etib tayinladi. Amalda esa jamoani yordamchi murabbiy Temur Kapadze boshqarib bordi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliyalik mutaxassis Toshkentning «Lokomotiv»iga bosh murabbiy bo‘ladi