21:23 / 09.01.2021
2 450

Italiya futboli bo‘yicha ekspert: Eldor Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor

Italiya futboli bo‘yicha ekspert: Eldor Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor
Foto: Getty Images
«Kalyari» sobiq skauti va Italiya futboli bo‘yicha ekspert Aleks Velikix «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovga «Yuventus» tomonidan bo‘layotgan qiziqish haqida so‘z yuritdi.

— Shomurodov «Jenoa» asosiy tarkibida A Seriyada 6 ta o‘yin o‘tkazdi. Shundan kelib chiqib, unga «Yuventus»dan qiziqish bo‘layotganiga ishonish mumkinmi?
— Keling, jamoada Shomurodovga ikki nafar mahalliy raqobatchi borligini esdan chiqarmaymiz, bular — Mattia Destro va Janluka Skamakka. Aytgancha, Skamakka maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazib Shomurodov bilan bir xil miqdorda (2 ta) gol urgan. Bundan tashqari Eldor A Seriyaga Rossiya chempionatidan yo‘l oldi, unga yangi musobaqaga moslashish qiyin kechgani tayin. Shomurodovda murabbiy ishonchi bor — u jarohatsiz holatda faqat bir marta maydonga tushmadi. U Italiya futboliga moslashishga urinayotgani ko‘rinib turibdi. Umuman olganda, «Yuventus» tomonidan qiziqish bo‘layotgani meni hayron qoldirmadi.

— Shomurodov va «Yuventus» haqida Tuttosport yozmoqda. Bu jiddiy manbami?
— Bu Turin nashri, uning jurnalistlari mahalliy jamoalar — «Torino» va «Yuventus»ga yaqin. «Yuve» Morataning jarohati sabab yangi markaziy hujumchi qidirayotgani hech kimga sir emas.

«Yuventus» va «Jenoa» o‘rtasida o‘ziga xos tarix bor — bu ikki klub so‘nggi yillarda juda yaxshi til topishib olgan. Ularning munosabatlarini inobatga olsak, «Jenoa» Shomurodovni yarim mavsumga ijaraga berishga rozi bo‘lishi mumkin. Avvalroq buning iloji yo‘q edi, biroq FIFA futbolchi bir yilda uchta klubda o‘ynashi mumkin emasligini borasidagi taqiqni olib tashlagan.

— Shomurodov «Yuventus» short-listida nechanchi tartib raqamida turibdi?
— U birinchi emasligi tushunarli, o‘ylashimcha, u 3-4-raqamda turibdi. Biroq har bir yangi rad javobi yoki muzokaralarning barbod bo‘lishi «Jenoa» hujumchisini «Yuventus»ga yaqinlashtiradi.

«Yuventus» va «Jenoa» o‘rtasidagi munosabatlarga qaytaman. Ayni vaqtda tomonlar uch futbolchi transferini amalga oshirish arafasida turibdi. Turindan Genuyaga ikki hujumchi o‘tishi kerak — Portanova va Petrelli, Rovella esa «Yuventus» o‘yinchisiga aylanadi, biroq u ijara asosida «Jenoa»da qoladi. Shu tariqa «Jenoa»da yetarli darajada hujumchi bo‘ladi va ular Shomurodovni yarim mavsumga ijaraga qo‘yib yuborishi mumkin. O‘ylashimcha, Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor, — deydi Velikix.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiya futboli bo‘yicha ekspert: Eldor Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor