O‘zbekistonning eng kuchli klubida hozir bosh murabbiy kim?
Bu savolga jamoaning muxlislar ham, jurnalistlar ham javob bera olishmaydi. Sababi mavhumlikda. Gruziyalik murabbiy Shota Arveladzening 31 dekabr kuni klub bilan tuzgan shartnomasi yakunlandi. U 21 dekabr kuni tunda Turkiyaga, oilasi bilan Yangi yil bayramini kutib olishga uchib ketdi.
"Paxtakor" futbolchilari bilan xayrlashganda uning ko‘zidan yosh chiqdi. Chetdan bu xayrlashuv ko‘z yoshlariga o‘xshadi. Kamiga 3,5 yil davomida "Paxtakor"da ishlagan Shota Arveladze instagramdagi o‘z sahifasida Alisher Usmonovga va "Paxtakor"ga minnatdorchilik bildirdi. Bu xayrlashuv maktubiga o‘xshadi chetdan.
Shundan keyin "Sherlar"ga uning yordamchisi Piter Xyuistra yoki Jasur Abduraimov bosh murabbiy bo‘lishi haqida turli xabarlar chiqa boshladi. Bir necha kun oldin championat.asia sayti Piter Xyuistra bosh murabbiy bo‘lganini e’lon ham qildi. Ammo o‘sha kuniyoq "Paxtakor" raddiya berdi va murabbiylar shtabida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini e’lon qildi.
Jamoa 14 yanvar kuni yig‘iladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Bunga 5 kun vaqt qoldi. Hozirgacha yangi bosh murabbiy nomi rasman e’lon qilingani yo‘q yoki Shota Arveladzening qaytib kelib shartnomani uzaytirgani haqida xabar chiqqani yo‘q. Demak klub rahbariyati hamon bir qarorga kelgani yo‘q degan taxmin qilishimiz mumkin. Agar qaror qabul qilinganida rahbariyat darhol klub matbuot xizmatiga bu haqda ma’lum qilgan bo‘lardi va rasmiy saytda xabar chiqardi, bunga shubhamiz yo‘q.
E’tiborlisi "Paxtakor"da bosh murabbiydan boshqa barchasi ma’lum. Klub qachon yig‘ilishi, qaysi sanada Dubayga uchib ketishi, jamoa qaysi mehmonxonada istiqomat qilishi, "Zenit", "Spartak" bilan o‘rtoqlik o‘yinlari qachon va soat nechida, qaysi stadionda o‘tishigacha ma’lum. Biroq bosh murabbiy masalasi...
Muallif: Narzulla Saydullayev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?