date

«Real»dagi yosh iqtidor egasi Martin Edegor haqida 15ta fakt

«Real»dagi yosh iqtidor egasi Martin Edegor haqida 15ta fakt

Norvegiyalik yosh iqtidor sohibi Madridning «Real» jamoasiga yo‘l olganidan so‘ng, ko‘pchilikning diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Edegorga bo‘lgan qziziqishlar esa kundan-kunga ortib bormoqda. Biz mana shu jihatlarni inobatga olib «Intefutbol» gazetasidagi ma’lumot asosida Edegor haqidagi 15 ta faktni sizning hukmingizga xavola qilamiz.

1. Martin Edegor 16 yoshida «Real Madrid» bilan shartnoma tuzdi.

2. Daily Mail xabariga ko‘ra, Edegor Madridda haftasiga 80 ming funt (105 ming evro) oladi. Demak, yillik maoshi 2,25 mln. funt (!)ga teng.

3. «Real» Edegor uchun «Stremsgodset» klubiga 2,3 million funt (chamasi 3 mln. evro) to‘laydi. Norvegiyaning kamtarin klubi bonuslarni qo‘shib hisoblaganda, «Real»dan jami 6,8 mln. evro olishi mumkin.

4. «Stremsgodset» Edegor bilan atigi 10 oycha oldin, ya’ni 2014 yilning 5 may kuni professional shartnoma tuzgandi.

5. Edegorga «Real»dan tashqari, yana 8ta klub da’vogarlik qildi: «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal», «Bavariya», «Shtutgart», «Borussiya» D., «Ayaks» va «Seltik». E’tiborlisi, norvegiyalik iqtidor shu klublarning deyarli barchasida ko‘rikdan o‘tishga ham ulgurdi. Martinning o‘zi «Liverpul»ga muxlislik qiladi, biroq uni xarid qilishda «MYu»ning imkoniyatlari yuqori baholanayotgandi.

6. Edegor 1998 yili tug‘ilgan. Norvegiya milliy termasi aynan o‘sha yili oxirgi marta JChda ishtirok etgan.

7. Edegor «Stremsgodset»dagi debyutini nishonlagan payt 15 yoshu 118 kunlik edi. U ilk marta 2014 yilning 13 aprel kuni «Olesunn»ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Shu bilan Norvegiya chempionati rekordini yangiladi. O‘shanda yosh yigitcha 20 daqiqa to‘p surgandi, 1 may kuni esa «Volarenga» bilan o‘yinda to‘liq vaqt davomida harakatlandi.

8. Martin «Stremsgodset»dagi ilk golini 15 yoshu 151 kunlik payti urdi. Bu ham rekord. Bungacha Norvegiya chempionatidagi rekord 16 yoshu 100 kunligida gol urgan Gakon Lorensenga tegishli edi.

9. U Norvegiya chempionatida jami 23ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol hosil qildi.

10. Edegor 15 yoshu 253 kunligida Norvegiya milliy jamoasidagi debyutini nishonladi. Ya’ni o‘tgan yili 27 avgust kuni BAA termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini (0:0)da to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi. Bu yana bir rekord.

11. Norvegiya milliy jamoasining rasmiy o‘yini (Evro-2016 saralashi doirasida Bolgariyaga qarshi bahs - 2:1)da ilk marta ko‘rinish berganida esa, 15 yoshu 297 kunlik edi. Bunisi endi Evropa chempionatlari saralash bosqichi tarixidagi rekorddir.

12. Edegorning bo‘yi 176 santimetrga teng. Bu o‘z kumiri - Leo Messidan 7 santimetr novcharoq ekanligiga dalolat.

13. Martin «Real»da 16-raqamli futbolkani oldi. U «Stremgodset»da 67-raqam ostida to‘p surgandi. Norvegiya milliy jamoasining bolgariyaliklarga qarshi o‘yinida esa maydonga 9-raqamli formada tushdi.

14. Edegor bilan hamkorlik qiluvchi agent¬lar yo‘q.

15. Youtube tizimida Martin Odegaard so‘rovi bo‘yicha eng mashhur 5ta videorolik naq 6 598 248 marta tomosha qilindi.

Manba: www.furkat.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real»dagi yosh iqtidor egasi Martin Edegor haqida 15ta fakt