Otabek Shukurovning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi! (video)

Otabek Shukurovning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi! (video)
Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" klubi BAA Premyer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazdi. "Al-Ittihod Kalba" jamoasiga qarshi maydonga chiqqan sharjaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida hamyurtimiz jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, o‘yin taqdirini hal etgan golga mualliflik qildi. Ushbu aniq zarba mezbonlarga 3 ochko keltirdi. G‘alaba qozongan "Sharja" ochkolari sonini 32 taga yetkazib, eng yaqin taqibchisi bilan oradagi masofani 5 ochkoga yetkazdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar