
Rossiya premer-ligasida o‘ynagan Eldor Shomurodov Italiya futbolida o‘zini ko‘rsatganidan keyin “Jenoa” rahbariyati rus jamoalaridan yana futbolchi olishga qaror qildi.
Bu gal genuyaliklar SSKAning argentinalik hujumchisi Adolfo Gaychni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, bu futbolchini olish uchun Davide Ballardini jamoasi rahbarlari ancha ter to‘kishi kerak. Gaychga Bundesligadan takliflar bo‘lmoqda. Turkiya Superliganing yetakchi jamoalari hujumchini qo‘lga kiritishda dastlabki qadamlarni tashladi.
“Trabzonspor” Gaychni bir yarim yillik ijaraga olish bo‘yicha SSKAga rasmiy murojaat yo‘llagan. “Beshiktosh” ham bu hujumchi uchun kurashmoqda. “Boka Xuniors” iste’dodli forvardni Argetinaga qaytarishga harakat qilmoqda.
Qizig‘i shundaki, yozda 8,5 million yevroga olingan hujumchi Rossiya premer-ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib birorta gol urolmadi. Shu bois, “armiyachilar” rahbariyati undan tezroq qutilmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar