
Foto: Marca
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldo «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
— Krishtianu Ronaldu Zlatan Ibragimovich kabi 40 yoshgacha o‘ynaydimi?
— Men bilmayman. Biroq u aniq bunga harakat qiladi. Ronaldu ayni damda men «Real»da ko‘rgan futbolchi emas. U hozir o‘zini boshqara oladi. Uning «Sassuolo»ga qarshi o‘yinini ko‘rdingizmi? Krish butun o‘yin davomida soyada qolsa ham, bir daqiqa ichida raqibni jazolab qo‘yishi mumkin.
— Ronaldu va Romelu Lukakuni birlashtirib turadigan umumiy jihat bormi?
— Ular juda farqli futbolchilar. Ammo ikkalasini birlashtira oladigan bir o‘xshashlik bor. Agar jamoada shunday kuchli futbolchilar bo‘lsa, ularga bog‘liq (o‘yin, natija) bo‘lmaslik qiyin.
Ma’lumot uchun, «Inter»—«Yuventus» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18 yanvarga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar