date

O‘zbekistonlik shaxmatchi Birmingem shahrida o‘tkazilgan turnir g‘olibiga aylandi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Birmingem shahrida o‘tkazilgan turnir g‘olibiga aylandi

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov Angliyaning Birmingem shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibiga aylandi.

“1st 4NCL Congress: Open” turnirida to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz besh imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi. To‘rt ochko to‘plagan angliyalik Mark Ebden ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra (3,5 ochko) yana bir ingliz shaxmatchisi Daniel Gormalli yakun yasadi.

Ma’lumot uchun, Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining 2 kursida o‘qiydigan bu yosh shaxmatchi dunyo reytingida 2494 ochko jamg‘argan holda 46 o‘rinda qayd etilgan.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik shaxmatchi Birmingem shahrida o‘tkazilgan turnir g‘olibiga aylandi