
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida "UFC 257" turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu janglardan birida hamyurtimiz Mahmud Muradov oktagonga ko‘tarildi.
Amerikalik Endryu Sanchesga qarshi bahsning 3-raundi o‘tib borayotgan bir paytda hamyurtimiz texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Janglardan so‘ng "UFC 257" turnirining eng yaxshi ishtirokchilariga atalgan bonuslar e’lon qilindi. Ular qatorida Mahmud Muradov ham bor.
1. Dastin Pore
2. Maykl Chendler
3. Marina Rodriges
4. MAHMUD MURADOV
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida eng yaxshi ishtirokchilar qatorida Muradovning borligi va endi u UFC prezidenti Dena Uayt e’tiboriga tushganini yozdi. "Tabriklaymiz jangchimizni. Endi u aniq Dena Uayt e’tiboriga tushdi", - dedi Davron Fayziyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar