22:00 / 26.01.2021
3 061

Jasur Jaloliddinovning shartnomasi bekor qilindi

Jasur Jaloliddinovning shartnomasi bekor qilindi
Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga tegishli bo‘lgan o‘zbekistonlik legioner Jasur Jaloliddinovning “Tambov” klubi bilan tuzgan ijara shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda “Tambov” klubi bosh direktori Olga Konovalova xabar berdi.

- Jasur Jaloliddinov va German Onugxa “Tambov”ni tark etdi. Ularning ijara shartnomasi bekor qilindi. Bu ular tegishli bo‘lgan klublarning qarori edi. Har ikki futbolchi o‘z klubiga qaytadi. Boshqa futbolchilarimiz jamoada qoladi, - dedi Olga Konovalova.

Rossiya premer-ligasining legionerlarga qo‘ygan limiti tufayli Jasur Jaloliddinov mavsum boshida “Loкomotiv”ning musobaqada ishtirok etadigan futbolchilari ro‘yxatidan chiqarilgan edi. Keyin yosh futbolchimiz “Tambov”ga ijaraga berildi. Biroq, tambovliklar ham uning xizmatlaridan foydalanmadi. Jasur Rossiya kubogining bitta uchrashuvida bir necha daqiqalik o‘yin bilan cheklandi.

Hozircha, uning “Lokomotiv”dagi taqdiri ham mavhumligicha qolmoqda. Moskvaliklar bilan besh yillik shartnoma imzolagan futbolchimizning agenti Yuriy Belaus unga xorijdan takliflar bo‘layotganini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Jaloliddinovning shartnomasi bekor qilindi