Rossiya premer-ligasida debyutini nishonlay olmagan Jasur Jaloliddinovning faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumki, o‘tgan yili yozda Toshkentning “Bunyodkor” klubidan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga ko‘chib o‘tgan futbolchiga Rossiya futbolida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berishmadi.
Katta umidlar bilan legionerga aylangan mamlakatimizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri besh oy mobaynida premer-ligada bir daqiqa ham o‘ynagani yo‘q. Avvaliga “Lokomotiv” tarkibida bir necha uchrashuvda zaxirada o‘tirgan Jasur, keyinroq “Tambov” klubida ham maydonga tushirilmadi. Tambovliklar o‘zbekistonlik yarim himoyachini Rossiya kubogi doirasidagi uchrashuvda bir necha daqiqa o‘ynatdi xolos.
Natijada yosh futbolchimiz yil boshidanoq, Rossiya klublari bilan xayrlashish va o‘zgarish qilishga qaror qildi. Avvaliga “Tambov” bilan mavsum oxirigacha tuzilgan ijara shartnomasi bekor qilindi. Keyinroq, besh yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, “Lokomotiv” bilan ham o‘zaro hamkorlik to‘xtatildi.
O‘sib kelayotgan yosh futbolchi albatta o‘ynashi kerak. Jasur O‘zbekiston Superligasining har qanday jamoasini kuchaytirishga qodir. “Bunyodkor” sobiq futbolchisini begona qilmasligi ham tayin. Lekin Jaloliddinov faoliyatini legioner sifatida davom ettirish maqsadidan qaytgani yo‘q.
Jasurning qariyb 1 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolashida bosh rolni o‘ynagan va futbolchimiz manfaatlarini himoya qiluvchi “Soccer Career” konsalting kompaniyasi rahbari Yuriy Belous jurnalistlar bilan suhbatda mijozining faoliyatida yangi davr boshlanishi arafasida ekanini ma’lum qildi.
- Ayni paytda Jasur Jaloliddinov takliflarni ko‘rib chiqyapti. Hozirda unda erkin agent sifatida faoliyatini qayerda davom ettirish haqida bir qarorga kelishi uchun yetarlicha vaqt bor, - dedi Yuriy Belous.
- Unga qayerlardan taklif bo‘lyapti?
- Asosiy takliflar markaziy Yevropa, Skandinaviya va Yaqin Sharq mamlakatlari jamoalaridan bo‘lmoqda.
- Rossiyadan variantlar yo‘qmi?
- Rus klublaridan ham takliflar bor, albatta. Lekin biz ularni ko‘rib chiqishni istamaymiz. Biz uchun eng muhimi futbolchining muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlashdir.
Darhaqiqat, o‘z tengqurlari orasida dunyoning eng iste’dodli 60 nafar futbolchisi qatorida nomi zikr etilgan Jasur Jaloliddinovga avval ham xorij klublaridan qiziqish borligi ko‘p aytilgan. Xususan, 2019 yilning oxirida “Benevento”da malaka oshirgan iqtidorli futbolchimizda Italiyada to‘p surish varianti ham bo‘lgan. Biroq, o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli uning bu rejasi amalga oshmay qoldi.
Shuningdek, Jaloliddinovga Turkiya, Ispaniya va Osiyo mamlakatlaridan takliflar bo‘lgan. Biroq, yosh futbolchi xorij futboliga osonroq moslashish uchun “Lokomotiv” variantini tanlaganini aytgandi. Oxir –oqibat, u tanlovda xatoga yo‘l qo‘ygani ko‘rinib qoldi. Nima ham derdik, bu ham bir tajriba bo‘ldi. Bu yog‘iga Jasur tanlovda adashmasligini tilab qolamiz... “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi