Foto: championat.asia
Bugun O‘zbekiston terma jamoasining BAAdagi yig‘ini uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ushbu ro‘yxat borasida terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovga qo‘ng‘iroq qildik.
- Leginoyerlarni hisobga olmaganda yig‘inga o‘zingiz o‘ylagan barchani chaqira oldingizmi?
- Ha, legionerlar FIFA kuni bo‘lmagani uchun bu yig‘inga chaqira olmadik. Qolgan barchani chaqirdik. Hozircha hech kimda jarohat yo‘q, agar xudo ko‘rsatmasin yig‘inga yaqin kimdir jarohat olsa yoki boshqa muammo bo‘lsa uni o‘rniga boshqa futbolchini chaqiramiz.
- Ko‘pchilikda Vagiz Galiulin borasida savol uyg‘ondi...
- Uni anchadan buyon terma jamoada sinab ko‘rishni maqsad qilgandik. U Rossiya birinchi ligasida o‘ynamoqda. Hatto FIFA kuni vaqtida Rossiya birinchi ligasida tanaffus bo‘lmaydi. "Nefteximik" klubi rahbariyati bilan gaplashdik va kelishuvga erishdik.
- Bu yig‘inga Mirjahon Mirahmadov ham chaqirilibdi...
- Ha, u sobiq olimpiya terma jamoasi hujumchisi edi. Yosh hujumchini milliy terma jamoada qanday ko‘rinishini bilmoqchimiz.
- Shohruz Norxonov va Humoyun Murtozayev esa ro‘yxatda yo‘q ekan...
- Ularni oldingi yig‘inlarda sinab ko‘rgandik. Bu safar boshqa hujumchiga imkoniyat bermoqchimiz. Shomurodov Italiyada, Ubaydullayev esa Belarus klubiga o‘tdi. Sergeyev ayni paytda klub qidirmoqda.
- Eldor Suyunov bu safargi yig‘inga ham chaqirilmadi. Unda jarohat yo‘q, shunchaki rotatsiyami?
- Suyunovda hech qanday jarohat yo‘q. Shunchaki u terma jamoaga chaqirilsa maydonga tushishi kerak, Suyunov yig‘inga kelib zaxirada o‘tirishidan mantiq yo‘q. Qolgan posbonlarni sinab ko‘ramiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi