14:13 / 03.02.2021
2 441

Argentina bosh murabbiyi: "O‘zbekiston kuchli terma jamoa ekanini bilardik"

Argentina bosh murabbiyi: "O‘zbekiston kuchli terma jamoa ekanini bilardik"
O‘zbekiston - Argentina (0:1) o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin Argentina terma bosh murabbiyi Matias Lyusyuks o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun biz kutgandek og‘ir o‘yin bo‘ldi. O‘zbekiston kuchli terma jamoa ekanini bilardik. Kutganimdek teng o‘yin bo‘ldi. Biz faqatgina birinchi taymda yaratgan vaziyatdan unumli foydalanganimiz tufayli g‘alabaga erishdik. O‘ylaymanki ertaga ham xuddi shunday yuqori tempdagi bahs bo‘ladi", - deydi Matias Lyusyuks.

- Osiyo jamoasiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lmadimi?
- Albatta Osiyo terma jamoasiga qarshi bahs o‘ziga xos qiyinchilik tug‘dirdi. Buni natija ham aytib turibdi, 0:1 - qaltis hisob. Lekin bugungi bahsning foydali tomoni bu bizni yanada o‘sishga va keyingi o‘yinlarda yanada kuchliroq bo‘lishga zamin yaratadi. Ertangi bahsda bugungidan kuchliroq o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz.

- Bugungi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasidagi kamchiliklarni sanab bera olasizmi?
- O‘zbekiston terma jamoasida ko‘p kamchiligi bor deb ayta olmayman. Chunki buni o‘yin ham aytib turibdi. Birinchi taymda raqibda ko‘plab yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, birga-bir vaziyatga ham chiqishdi, bundan foydalana olishmadi. Futzal butun dunyoda rivojlanmoqda, barcha terma jamoalar futzal o‘ynashni o‘rganib olishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Argentina bosh murabbiyi: "O‘zbekiston kuchli terma jamoa ekanini bilardik"