
Toshkentdagi “Hilton” mehmonxonasida Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Sanjar Shomurodov hamda Afg‘oniston futbol federatsiyasi prezidenti janob Yusuf Kargar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yaqin oylar ichida Surxondaryoda Afg‘oniston hamda O‘zbekiston bolalar futboli, professional futbol klublari va ayollar futboli o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari, futbol festivallari o‘tkazish borasida fikr almashildi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda Afg‘oniston futbol federatsiyasi prezidenti janob Yusuf Kargar o‘zining esdalik sovg‘alarini Sanjar Shomurodovga taqdim etdi.
Ishonamizki, yaqin kunlar ichida qo‘shni Afg‘oniston futbol federatsiyasi bilan do‘stlik memorandumi imzolanadi.
Ushbu uchrashuvni tashkillashtirib berishda amaliy yordam bergan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xalqaro aloqalar bo‘limiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasining matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar