Tojikiston terma jamoasi O‘zbekistonning bo‘lajak raqibini mag‘lub etdi (video)

Tojikiston terma jamoasi O‘zbekistonning bo‘lajak raqibini mag‘lub etdi (video)
Tojikiston terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil qilmoqda. 5 fevral kuni qo‘shnilarimiz Iordaniya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi. Bellashuv Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Usmon Toshev boshqarayotgan tojikistonliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. 79-daqiqada kiritilgan yagona golga Alisher Jalilov mualliflik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 fevral kuni Dubayda Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

O‘rtoqlik o‘yini

Iordaniya – Tojikiston 0:1
Gol:
Alisher Jalilov 79
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar