09:09 / 08.02.2021
2 203

Shomurodov jamoasi yaxshi seriyani davom ettirmoqda

Shomurodov jamoasi yaxshi seriyani davom ettirmoqda
Yevropada jamoalarning g‘alabali va mag‘lubiyatli seriyalarini ma’lum qilib borish odat tusiga kirgan. Biz ham bir necha kundan beri "Jenoa"ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlarni qayd etayotgani borasida xabar bermoqdamiz.

Genuyaliklar 6 fevral kuni "Napoli"ni 2:1 hisobida taslim etishdi va mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Eldor Shomurodov jamoasi 9 yanvardan beri mag‘lubiyasiz odimlamoqda. "Jenoa" oxirgi 5 uchrashuvda faqatgina "Atalanta" bilan durang o‘ynadi xolos. Qolgan bellashuvlarda zafar quchmoqda. Shu bois ular turnir jadvalida 12-o‘rniga ko‘tarildi.

E’tiborlisi, birinchi davrada "Napoli" genuyaliklarni 6:0 hisobida taslim etgandi. Bu natija "Jenoa"ning ushbu mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyati sanaladi. Kecha esa Ballardini shogirdlari raqibni yenga oldi. Endi jamoa A Seriyadagi keyingi turni 13 fevral kuni "Torino"ga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov jamoasi yaxshi seriyani davom ettirmoqda