Yangi mavsumda Superliga formati qanday bo‘ladi?

Yangi mavsumda Superliga formati qanday bo‘ladi?
Xabaringiz bor, 20 fevral — shanba kuni Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 9 mart kuni esa Superliganing ilk turi boshlanishi belgilangan.

Yangi mavsumda ham g‘oliblik uchun 14 ta klub kurash olib boradi: “Paxtakor”, “Nasaf”, AGMK, “Bunyodkor”, Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”, “Metallurg”, “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Mash’al”, “Qizilqum”, “Surxon”, “Andijon” va “Turon”.

Mavsum yakuniga ko‘ra so‘nggi ikki o‘rindan joy olgan klub Pro ligaga tushiriladi. Superliganing 12-o‘rnidan joy olgan klub esa Pro liganing uchinchi jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinini avvalgi yildagi kabi safarda o‘tkazadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar