1 175
O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabiga Kuperning sobiq yordamchisi va rossiyalik 71 yoshli mutaxassis qo‘shildi

Xabaringiz bor, JCH-2022 saralash bosqichi bellashuvlariga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borish uchun bugun Dubay shahriga yetib bordi.
Yig‘in avvalida Vadim Abramovning murabbiylar shtabi tarkibida o‘zgarish yuz berdi. O‘zbek futboli ixlosmandlariga tanish bo‘lgan Antonio Sarioglou endilikda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida milliy jamoamizda faoliyat olib boradi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu murabbiy 2018-2019 yillar davomida O‘zbekiston MTJ futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha Ektor Kuperga yordamlashgan. Bunga qadar u Misr terma jamoasi hamda Gretsiyaning “Aris”, “Veriya” va “Iraklis” klublarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Timur Kapadzening asosiy e’tibori O‘zbekiston U-20 terma jamoasi hamda yangi tashkil etilayotgan “Olimpik” klubiga qaratilishi sabab, uning o‘rniga MTJ yordamchi murabbiyi sifatida Viktor Tishenko tayinlandi. Rossiyalik mutaxassis uzoq yillik murabbiylik faoliyati davomida “Aktobe”, “Neftchi-Farg‘ona”, “Lada-Tolyatti”, “Chernomores”, “Sochi-04” kabi bir qator klublarida ish olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Abdusalom Azizov terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAA yig‘inidagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi

Vadim Abramov terma jamoa yig‘iniga kutilmagan futbolchini chaqirdi

"Buxoro"da ruminiyalik murabbiy ish boshladi

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi endi BAA termasida ishlaydi

O‘zbekiston milliy jamoasini Vadim Abramov boshqaradi