21:25 / 09.02.2021
3 009

Edgar Bernxardt: "Onam farg‘onalik bo‘lgani uchun o‘zbek klublari haqida ko‘p eshitganman"

Edgar Bernxardt: "Onam farg‘onalik bo‘lgani uchun o‘zbek klublari haqida ko‘p eshitganman"
Foto: championat.asia
“Andijon” Toshkentdagi yig‘inning ikkinchi qismini davom ettirmoqda. Kecha Otabek G‘ulomxo‘jayev shogirdlari “Jar” o‘yingohida “Turon”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu bahsda mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda legionerlar ham sinovdan o‘tkazildi.

Jamoaga kelib qo‘shilgan asli germaniyalik, Qirg‘iziston terma jamoasi aʼzosi Edgar Bernxardt ham jamoaning poytaxtdagi ikkinchi yig‘inida ham ishtirok etmoqda. Kechagi nazorat bahsidan so‘ng futbolchi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Edgar “Andijon” haqidagi dastlabki taassurotlar qanday? Yangi sarguzashtlarga tayyormisiz?
- Dastlabki taassurotlarim yaxshi. Murabbiy haqida ham ijobiy fikr bildirgan bo‘lardim. Bu yerga kelmasimdan oldim ushbu mutaxassis haqida menga aytishgandi. Jamoaning o‘yin uslubi istaganimdek. Murabbiy berayotgan ko‘rsatmalarini imkon qadar bajarishga harakat qilmoqdaman. Chempionat boshlanishiga bir oyga yaqin vaqt qoldi. Tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Umid qilamanki yangi futbol mavsumida yaxshi natijalar qayd eta olamiz. Bizning o‘z maqsadlarimiz bor.

- O‘zbek futboli haqida bunga qadar tasavvurga egamidingiz?
- Menga o‘zbek futboli yoqadi. Ko‘proq texnika va to‘p bilan ishlashga eʼtibor qaratiladi. Ha, Qirg‘iziston terma jamoasi safida O‘zbekistonga qarshi o‘ynaganman. Faqat bir marotaba aniqrog‘i 2019 yil “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda maydonga tushganman. O‘shanda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsakda, ajoyib taassurotlar qolgandi. O‘zbek futboli tarixidan xabardorman. Chunki, onam Farg‘onada tug‘ilgan. Ulardan “Paxtakor” va ko‘plab klublar haqida eshitganman.

- Jamoa sizni qanday kutib oldi? Futbolchilar bilan til-topishib ketishda muammo bo‘layotgani yo‘qmi?
- Ha, “Andijon” jamoasida yosh va tajribali ijrochilar bor. Ochig‘ini aytganda menga buning ahamiyati yo‘q. To‘g‘ri, lider sifatida o‘zimni his qilyapman. Chiqishib ketishda muammo bo‘lgani yo‘q. Jamoa meni yaxshi kutib oldi. Umuman olganda ochiq insonman, deya olaman. Shu bois men bilan til topishish qiyin emas. Agar kim uchundir qiyin bo‘lsa bu unga bog‘liq.

- Klub bilan rasman shartnoma imzoladingizmi?
- Shartnomaning yana ayrim joylarini ko‘rib chiqishimiz kerak. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Lekin, Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan ishlashni istayman",- deydi Edgar.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Edgar Bernxardt: "Onam farg‘onalik bo‘lgani uchun o‘zbek klublari haqida ko‘p eshitganman"