07:00 / 10.02.2021
2 206

Ramos “Real”ning so‘nggi taklifini rad etdi va yangi jamoasi bilan ikki yillik bitim tuzadi

Ramos “Real”ning so‘nggi taklifini rad etdi va yangi jamoasi bilan ikki yillik bitim tuzadi
“Real” sardori Serxio Ramos “Qirollik klubi”ning yangi shartnoma bo‘yicha so‘nggi taklifini qabul qilmadi va jamoadan ketadigan bo‘lyapti. “Real” futbolchiga maoshi 10 foizga qisqartirilgan bitim bergan edi.

Ayni paytda Ramos “Manchester Yunayted” tarkibiga o‘tishni rejalashtirmoqda. 34 yoshli futbolchi keyingi hafta davomida manchesterliklar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan. Tomonlar haftasiga 200 ming funt maosh bilan ikki yillik kelishuv tuzmoqchi.

Sulsher tajribali himoyachi jamoaning chempionlik kurashiga qo‘shilishiga yordam berishiga ishonmoqda. Chunki, “Manchester Yunayted” tarixida Edvin van der Sar, Zlatan Ibrohimovich va Edinson Kavani kabi yoshi katta futbolchilar jamoaga kzp foyda keltirgani bor gap.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramos “Real”ning so‘nggi taklifini rad etdi va yangi jamoasi bilan ikki yillik bitim tuzadi