833
"Markaziy Osiyo klublarini o‘zimizda qabul qilishimiz muxlislarimiz uchun ham yaxshi sovg‘a bo‘ladi"

O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev o‘z "Telegram" sahifasida OCHL va OFK kubogi guruh bosqichi mezbonligi xususidagi fikrlari bilan bo‘lishdi:
"OFK 15 fevralga qadar Chempionlar Ligasi va OFK kubogi musobaqasining markazlashtirilgan guruh bosqichi o‘yinlari uchun mezbonlik arizalarini qabul qiladi.
Chempionlar Ligasi musobaqasi mezbonligi bizga biroz noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Stadionlarimiz projektorlari OFK talab qilgan 1800 luksga yetib ulgurmagan. Qolaversa, klub(lar)imiz Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi ishtirokini boshlashi bilan biz qolgan jamoalarimiz bilan O‘zbekiston kubogi musobaqasini o‘tkazib turishni rejalashtirganmiz.
OFK kubogi guruh bosqichini esa Olmaliq yoki Qarshida qabul qilish uchun barcha imkoniyatlarimiz bor va bu bizga noqulaylik tug‘dirmaydi. Biz, albatta, AGMK klubining Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishini, Nasaf esa OFK kubogida o‘ynashini istaymiz. Ishonamizki, 15 fevralga qadar har ehtimolga qarshi AGMK ham, Nasaf ham mezbonlik arizalarini berish bo‘yicha O‘FAga taklif bilan chiqadi. Markaziy Osiyo klublarini o‘zimizda qabul qilishimiz muxlislarimiz uchun ham yaxshi sovg‘a bo‘ladi.
Bizgacha yetib kelgan xabarlarga ko‘ra Tojikiston va Qirg‘iziston mezbonlik arizalarini berib ulgurgan", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Chempionlar ligasi guruh bosqichi markazlashgan holda davom ettiriladi

2020 yilda O‘zbekistondagi barcha futbol uchrashuvlari taqvimi e’lon qilindi

O‘zbekiston klublari yana OFK Kubogida ishtirok etishi mumkin

Chempionlar Ligasi 2019/20 mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

O‘zbekistonda Liga kubogi tashkil etildi

UYEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi yangi formatini taqdim qildi