Habib Nurmagomedov o‘zi egalik qiladigan EFC promoushenida jang qiladimi?

Habib Nurmagomedov o‘zi egalik qiladigan EFC promoushenida jang qiladimi?
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov (29-0) o‘zi egalik qiladigan EFC promoushenida jang qilishi mumkinligi borasidagi savolga javob qaytardi.

«Kimga qarshi jang qilaman? O‘z oktagonimda o‘zim chiqib, soyam bilan kurashamanmi? Balki, ko‘rgazmali jang tashkil etarmiz, balki master-klass.
Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi, hozir 32 yoshdaman, 35 yoshimda nima bo‘lishi noma’lum. Biroq hozircha bunday rejam yo‘q
», — deydi Habib Nurmagomedov.

Eslatib Habib GFC promoushenini 1 million dollarga sotib oldi va uning nomini EFC’ga o‘zgartirdi. Avvalroq rossiyalik yakkakurashchi 2021 yilning aprel oyida Toshkentda EFC musobaqasini o‘tkazish maqsadi borligini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar