23:38 / 11.02.2021
1 519

Odil Ahmedov: «Hozirgi avlod futbolchilari mas’uliyatdan juda qo‘rqadi»

Odil Ahmedov: «Hozirgi avlod futbolchilari mas’uliyatdan juda qo‘rqadi»
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov SPORTS.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi. Unda futbolchi o‘z faoliyati va o‘zbek futboli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Saudiya Arabistoniga qarshi bahs ko‘p narsani hal etadi. Abramov doimo ochiq futbol namoyish etishga o‘rganib qolgan. Saudiyadagi o‘yinda ochiq futbol o‘yin ko‘rsatish muammo tug‘dirmaydimi?
- Abramov avvalgi Abramovdan farq qiladi. U vaziyatga moslashishga o‘rgandi. Mehmondagi o‘yin juda muhim. Ular bizni Toshkentda yenggan bo‘lsa, biz ularni mehmonda mag‘lub etamiz. Buning uchun ehtiyotkorlik bilan to‘p surish uchun tayyormiz.

- Siz yetishib chiqqan avlod vakillari hozirgi futbolchilardan ancha farq qiladi. Hozirgi yigitlarga nima yetishmaydi deb o‘ylaysiz?
- Bilasizmi, bizda tavakkal qarorlar qabul qilishdan hech kim qo‘rqmas edi. Ruhiy bosimni his qilmaganimiz uchun, og‘ir uchrashuvlarda keskin qarorlar qabul qila olar edik. Hozirgi avlod futbolchilari esa, mas’uliyatni o‘ziga olishdan juda qo‘rqadi. Bu juda yomon holat. Ular xato qilishdan juda qo‘rqadi. Darajasi biznikidan pastroq jamoalarga qarshi o‘yinlarda ular bemalol to‘p surishadi, ammo Yaponiya, Janubiy Koreya singari grandlarga qarshi o‘yinlarda ular so‘nggi qarori o‘z zimmasiga olishni istamaydi. Ular ertaga gap so‘z bo‘lib ketishdan, xalqning nafratiga uchrashdan qo‘rqib qolishgan.

- Bir paytlar Akmal Shoraxmedov tushib qolgan vaziyatga o‘xshabmi?
Xuddi shunday. Akmal ruhan juda kuchli yigit. Shu bois, bu voqeani yengib yana futbolda qoldi. Undan boshqasi bo‘lganida, depressiyadan chiqib ketishi amrimahol edi. Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin, biroq bu maydonda mas’uliyatdan qochish kerak degani emas. Har bir o‘yinda raqib kim ekanligiga e’tibor qaratmasdan o‘z o‘yinini namoyish etish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: «Hozirgi avlod futbolchilari mas’uliyatdan juda qo‘rqadi»