O‘zbekiston chempionatlari tarixidan eng yosh debyutant sifatida joy olgan Jasur Jaloliddinovning Rossiyaga transferi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan hammaning xabari bor. Yarim mavsum davomida ikki jamoa – “Lokomotiv” va “Tambov” a’zosiga aylanib, premer-ligada debyut o‘tkazish imkoni berilmagan futbolchimiz yurtimizga qaytib kelgan.
Shunga qaramay, uning transferi hamon rus matbuotida keng muhokama qilinmoqda. Yaqinda “Lokomotiv” professional futbol klubining yangi bosh direktori Vladimir Leonchenko jurnalistlar bilan suhbatda, avvalgi rahbariyat ishiga munosabat bildirib, ular yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tilga olar ekan, Jaloliddinov transferini ham keskin tanqid qildi.
- Futbolchilarning nomini aytmayman, lekin ijara shartnomalari kamida har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda, futbolchini tarbiyalagan va unga egalik qiladigan klub o‘z foydasini ko‘rishi shart. Biz esa, o‘z o‘yinchimizni ortga qaytarish uchun yana xarajat qilishimizga to‘g‘ri kelyapti. Bundan tashqari, uning o‘yini ochilib ketsa, qo‘shimcha pul ham to‘lashga majburmiz. Futbolchini kim tarbiyalagan? Ko‘p kelishuvlar klubning ziyoniga tuzilgan. Endi bunday bo‘lmaydi, - dedi Vladimir Leonchenko.
- Siz yashirgan nomni men aytaman. Bu Roman Tugarev. Ikki yildan beri “Rostov”da o‘ynayotgan futbolchini qaytarish uchun 15 million rubl to‘lanishi kerakligi rostmi?
- Aniq raqamlarga to‘xtalmayman, lekin bu tekinga sotib yuborilgan o‘yinchi bo‘lgan. “Rostov” u bilan shartnomani bir tomonlama uzaytirish huquqiga ega. Bitta xat bilan uni yana bir mavsum o‘zida olib qolishi mumkin.
- “Lokomotiv” “Rotor”da ijarada o‘ynayotgan Solomon Kverkveliya maoshining 95 foizini to‘lar ekan. Shu ham haqiqatmi?
- Haqiqatga ancha yaqin. Biz “Lokomotiv”da maoshlar yuqori ekani va boshqalar buni ko‘tara olmasligini tushunamiz. Lekin bu darajaga yetib bormaslik kerak. Eng asosiysi, sen himoyachini ijaraga berib yuborib, maoshini to‘lashda davom etasan va yana uning o‘rniga boshqasini olasan.
- Ayniqsa, Raykovichga o‘xshaganini...
- Kimligining ahamiyati yo‘q. Muhimi, klub budjetiga yuk tushayotganida. Futbolchi bor bo‘lsa, undan to‘liq foydalanish kerak. Jamoada o‘ynab, shartnomasini oqlasin. Jorjevichda ham shunday holat. Faqat “Arsenal” sal ko‘proq to‘layapti xolos. Uni “Zenit”dan olganmiz, lekin bizga o‘ynamayapti.
- “Lokomotiv”ga Jasur Jaloliddinov olib kelingan edi va uning agentlari transfer summasining 650 foiz barobaridagi pulni cho‘ntakka urgani haqida gap chiqdi. Klub bu transferga aslida qancha sarflagan?
- Raqamlarni aytmayman. Jasur bilan uzoq muddatli shartnoma bekor qilingani yaxshi bo‘ldi va bu muhim qaror edi. Qolaversa, Jaloliddinov legioner edi va xorijlik futbolchilarga qo‘yilgan limit tufayli, biz hozirdan raqobatga dosh berolmagan o‘yinchini olib o‘tirolmaymiz. Jaloliddinov iste’dodli yigit bo‘lishi mumkin, lekin bu yerda uning faoliyati rivojlanishdan to‘xtab qolgani bor gap. Uning “Lokomotiv”da o‘ynab ketish imkoniyati yo‘qligi uchun “Tambov”ga ijaraga berildi. U yerda ham o‘ynab keta olmadi.
Men bu transfer qaysi prinsiplar asosida qaror qilinganini haligacha tushunmayman. Bizda o‘zimiz tarbiyalagan futbolchilar juda ko‘p. Legionerlarga qo‘yilgan cheklov amalda bo‘lgan bir paytda, boshqa mamlakatdan hatto ikkinchi jamoada ham o‘ynay olmaydigan futbolchini olib kelishdan nima naf?
Darhaqiqat, Jasur Jaloliddinovning “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga transferi hech bir tomon uchun aytarli manfaat keltirmadi. Asosiy foyda transfer boshida turgan agentlarga nasib etdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, bu Jasur uchun qimmatli tajriba bo‘ldi va uning iqtidoriga ishongan holda tez orada faoliyatini yana tiklab olishiga umid qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!