16:30 / 19.02.2021
2 891

Mahmud Murodov: «Agar Konor Makgregorga qarshi jang taklif qilinsa, vazn toifamni o‘zgartirishga tayyorman»

Mahmud Murodov: «Agar Konor Makgregorga qarshi jang taklif qilinsa, vazn toifamni o‘zgartirishga tayyorman»
Kollaj: «Daryo» / Foto: Getty Images
O‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-6) vazn toifasi haqidagi savollarga javob qaytardi.

- Habib Nurmagomedov menga maslahat bergan va -77 kg (yarim o‘rta) divizionda osonroq bo‘lishini aytgandi. -84 kg (o‘rta vazn) divizionda o‘zimni juda qulay his qilaman. Sparringda yarim og‘ir, o‘rta va yarim o‘rta vazn toifasi vakillari bilan bellashaman hamda ularning hech biriga yutqazmayman.

Agar kerak bo‘lib qolsa, masalan, yaxshi raqib chiqib qolsa, ozishga tayyorman. Ba’zida Floyd Meyvezer menga yarim o‘rta vaznga o‘tishim kerakligini va u yerda Konor Makgregorga qarshi jang tashkil qilib berishini aytadi. Agar menga Konorga qarshi jang qilish taklif qilinsa, u holda vazn tashlayman. Bir tarafdan men taomlar shinavandasiman, vazn qilish uchun o‘zimni qiynashning nima kerak bor
, - deydi Mahmud Murodov.

Murodov shu vaqtga qadar UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. So‘nggi bor u UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov: «Agar Konor Makgregorga qarshi jang taklif qilinsa, vazn toifamni o‘zgartirishga tayyorman»