
23-27 fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha xalqaro an’anaviy "Stranja" turniri tashkil etiladi. 72-marotaba o‘tkazilayotgan mazkur turnirda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Bahslarda qatnashish uchun bugun terma jamoalarimiz kuchli tarkib bilan Bolgariyaga jo‘nab ketishdi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, To‘lqin Qilichev, Bahodir Erkayev, Farrux Qilichev.
Shifokor: Dilshod Kazakov.
Hamyurtimiz Alisher Polvonov bahslarda referi sifatida ishlaydi.
Qizlarimizning Sofiyaga yo‘l olgan tarkibi esa quyidagicha:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
Murabbiylar: Lochin Qo‘chqorov, Elshod Rasulov.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar