23:39 / 22.02.2021
1 512

Vadim Abramov: "Futzalchilar bilan shou bo‘lmaydi, oldingi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"

Vadim Abramov: "Futzalchilar bilan shou bo‘lmaydi, oldingi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"
24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi. Ushbu uchrashuv o‘zbek futboli va sporti rivojiga katta hissa qo‘shgan inson Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Ana shu o‘yin oldidan katta futbolchilarimiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan o‘rtoqlashdik.

"Biz bu uchrashuvda shou uyushtirmasligimiz aniq. Ya’ni, oldindan kelishilgan hisob uchun o‘ynalmaydi. Bu haqda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Jang bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsa, Mirabror Zufarovich hayot paytlarida ham futzal terma jamoamizga qarshi o‘ynaganmiz. O‘shanda 5:8 hisobida imkoniyatni boy berganmiz, shu sabab bu safar revansh olishni xohlaymiz. Bu bellashuvda hech qanday kelishib olingan hisobga o‘ynash yoki shou uchun to‘p tepish bo‘lmaydi. Sportchilar ham nimaga qodirligini ko‘rsatishni xohlaydi.

To‘p kichikroqligi va qoidalar boshqacharoq ekanligi biz uchun odatiy emas. Lekin, qolgan jihatlarda juda katta farq yo‘q. Futbolni ulardan yaxshiroq o‘ynay olishimizni isbotlash uchun harakat qilamiz.

Uchrashuvda jamoasi Toshkentda bo‘lgan terma jamoaga nomzod futbolchilar ishtirok etishadi. Biz 15 nafar o‘yinchini faqat o‘sha kuni kechga qo‘yib yuborishlarini klublaridan so‘radik. Menimcha, bu borada muammo bo‘lmaydi
", - dedi Abramov.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga kirish bepul. Bahs poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi va 18:00da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Futzalchilar bilan shou bo‘lmaydi, oldingi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"