Ayni kunlarda Bolgariyada boks bo‘yicha “Stranja” turniri davom etmoqda. Kecha, bir hator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazib, ijobiy natijalar qayd etgan edi.
Bugun ham bir nechta yurtdoshlarimiz ringga ko‘tariladi. Jumladan, 75 kg vazn toifasida Mavluda Mavlonova qozog‘istonlik Nadejda Ryabetsga qarshi jang qilsa, 57 kgda terma jamoamiz yetakchisi Mirazizbek Mirzaxalilov armanistonlik Artur Gazaryan bilan bahs yuritadi.
Shuningdek, 63 kgda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Qozog‘iston vakili Samatali To‘ltayevga, 69 kgda Bobousmon Baturov kosovolik Patriot Bexramiga, 81 kg vaznda Dilshodbek Ro‘zmetov Armaniston vakili Xambardzum Xakobyanga, 51 kg vaznda Tursunoy Rahimova shvetsiyalik Tove Lindbergga, 57 kgda Yodgoroy Mirzayeva esa irlandiyalik Michela Uolshga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”