23:23 / 24.02.2021
1 878

Habib Nurmagomedov otasining ushalmagan orzusini aytdi

Habib Nurmagomedov otasining ushalmagan orzusini aytdi
Taniqli UFC jangchisi – Habib Nurmagomedov taniqli sportchi va bloger Magamed Ismailovga katta intervyu berdi. Mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan Nurmagamedov ushbu intervyu davomida muxlislarga qiziq bo‘lgan bir nechta savollarga javob berib o‘tdi.

- Habib, sen so‘nggi jangingda Jastin Getji bilan to‘qnash kelding. To‘g‘risi, bundan avvalgi janglaringdan farqli o‘laroq, bu safar boshqa Habibni ko‘rdim.
- To‘g‘risi, bu safargi jang oldidan ko‘plab sarguzashtlarni boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. Getji bilan to‘qnashuvdan oldin, men barmoq suyagimni sindirib oldim. Keyin tana haroratim ko‘tarilgani uchun 5 kun jonlantirish bo‘limida yotdim. To‘g‘risi, bu voqealarni batafsil so‘zlab bera olmayman. Hozir faoliyatim haqida hujjatli film suratga olish ishlari boshlangan. Bu shunchaki 20-30 daqiqalik videorolik bo‘lmaydi. Gollivud bilan hamkorlikda ish boshladik. Oskar mukofotiga da’vogar asar yaratmoqchimiz.

Jastin bilan jangni bekor qilmoqchi bo‘ldik, biroq so‘zimni ustidan chiqishga qaror qildim. Oktagonga ko‘tarildim va qilishim kerak bo‘lgan ishlarni bajardim.

- Konor yana avvalgi darajasiga chiqa oladimi?
- Hech qachon! Sababi, sportchi ikki bor o‘z sport formasini pik darajaga olib chiqa olmaydi. Nafaqat Konor, balki boshqa sportchilar ham faoliyati davomida bir bor super formaga kiradi.

- Sen bilan parterda kurash olib borish mumkin, ammo MMA qoidalari asosida hech kim senga qarshi tura olmaydi? Buning siri nimada?!
- Oktagonda hujum uyushtirish uchun ikkita qavat mavjud. Ba’zi jangchilar tik turgan holda o‘zini erkin his etsa, boshqalar parterdan naf chiqarishga urinadi. Men doimo ikki qavatda ham hujum uyushtirishga o‘rganganman. 2007 yilda bu uslub haqida dadam bilan suhbatlashgan edik. Bunday stildagi jang qilish, juda ko‘p energiyani sarf bo‘lishiga olib keladi, ammo natija kafolatlangan. Eng muhimi, ruhan yengilmaslik. Agar psixologik kuchli bo‘lsang, istalgan raqibni ikkinchi qavatda hujum qilib mag‘lub etishing mumkin.

- Sening g‘alabangga shubha bilan boquvchilar doim bo‘lgan. Konor Makgregor, Edson Barbozo, Dastin Pore va boshqalarni yenggan bo‘lsang ham, ayrimlar seni mutlaq tengsiz ekanligingni tan olmaydi. Nima deb o‘ylaysan, qaysi UFC jangchisi bilan to‘qnashuv senga bo‘lgan barcha savollarni kun tartibidan olib tashlashi mumkin edi?
- Balki bu raqib Toni Fergyusson bo‘lishi mumkin, ammo men uni hech qachon yuqori saviyadagi jangchi deb hisoblamaganman. 37 yoshda jangchi super formada bo‘lishi mumkin emas. Men ham 37 yoshda super jang o‘tkaza olmayman. E’tibor bergan bo‘lsang, u Jastin Getjiga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. O‘zidan ancha yoshroq bo‘lgan Jastin yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Men o‘z vaznimda tengsiz ekanligimni isbotlash maqsadida Toni bilan jang qilishga harakat qildim, ammo yaratgan buni istamadi. Agar biz to‘qnash kelganimizda men muammosiz g‘alaba qozonar edim, biroq shubha qiluvchilar o‘z fikrini hech qachon o‘zgartirmaydi. Hech qachon yengilmagan insonlarni qanday mag‘lub bo‘lishi barchaga qiziq. Men buni to‘g‘ri qabul qilaman.

- Habib dadang afsonaviy jangchi Jorj San-Per bilan oktagonga ko‘tarilishingni istagan edi. Agar u seni jangga chorlasa, qanday qaror qabul qilasan?
- Bilasanmi, menga UFCning birorta jangchisi bilan oktagonga ko‘tarilishga ishtiyoq yo‘q. Sobiq chempionlarning barchasini mag‘lub etdim, ammo San-Perni eshitishim bilan, 10 km masofaga yugurgim kelib ketdi. U buyuk sportchi. Jorj bilan oktagonga ko‘tarilish juda ham qiziq, biroq men UFCni tark etdim. Onam uchun boshqa jang qilmaslikka qaror qildim. Jorj hozir 40 yoshda. Yaxshisi, u barchaning ko‘z o‘ngida yengilmas bo‘lib qolgani yaxshi. Men ham u singari yengilmagan chempion nomi bilan chetga chiqaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov otasining ushalmagan orzusini aytdi