
Foto: Instagram
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha Stranja—2021 musobaqasi davom etmoqda.
24 fevral kuni musobaqaning 3-kungi uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ringga ko‘tarildi. Ularning barchasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining g‘alabasi qayd etildi.
Terma jamoa yetakchisi, super og‘ir (+91 kg) vazn toifasida harakat qiluvchi Bahodir Jalolov musobaqadagi birinchi jangini fransiyalik Murad Aliyevga qarshi o‘tkazdi. Besh raund to‘liq davom etgan jangda Jalolov 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga yo‘l oldi.
O‘zbekistonlik bokschilarning natijalari bilan tanishing:
-69 kg: Bobousmon Boturov — Gurgen Modoyan (Armaniston) 5:0
-60 kg: Rayhona Qodirova — Aslaxan Mehmedova (Bolgariya) 5:0
-63 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Vanderson de Oliveyra (Braziliya) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov — Kristian Nikolov (Bolgariya) 5:0
+91 kg: Bahodir Jalolov — Murad Aliyev (Fransiya) 5:0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar