Dilshodbek Ro‘zmetov "Stranja" turniri finaliga chiqdi

Dilshodbek Ro‘zmetov "Stranja" turniri finaliga chiqdi
Bolgariyada davom etayotgan “Stranja” turnirining yarim final bahsida yana bir yurtdoshimiz o‘z jangini o‘tkazdi. -81 kg vazn toifasida turnirda ishtirok etayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ukrainalik Maksim Kotsga qarshi ringga ko‘tarildi.

Dastlabki raundlardan ustunlikni o‘z qo‘liga olgan hamyurtimiz hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, 5:0 hisobida zafar quchdi va finalga yo‘l oldi.

Uni finalda rossiyalik “pancher” Ruslan Kolesnikov kutib turibdi. Mazkur hal qiluvchi jangda ham yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar