
Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Jenoa” A Seriyaning 24-turida musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Inter” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Yettita uchrashuvdan beri mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan genuyaliklar Milandagi o‘yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy holat, jamoaviy o‘yinni kuchaytirish, darvozaga zarba berishdan tashqari, texnik va taktik usullarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratmoqda.
“Jenoa” matbuot xizmati mashg‘ulotlardan tarqatayotgan suratlar orasida bittasi e’tiborimizni tortdi. Unda Eldor Shomurodov jamoadoshining baland sakraganiga havas bilan qaragani aks etgan. Shu va o‘zbek hujumchisining mashg‘uloti aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.



“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.