07:00 / 02.03.2021
2 591

"Bunyodkor"da yangi prezident ish boshladi. U O‘zbekistondagi eng yirik tashkilotlardan birining rahbari

"Bunyodkor"da yangi prezident ish boshladi. U O‘zbekistondagi eng yirik tashkilotlardan birining rahbari
O‘tgan mavsum yaxshigina moliyaviy qiyinchliklarga duch kelgan va shunga qaramay Superligada 4-o‘rinni egallagan "Bunyodkor" klubida yangi prezident ish boshladi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, jamoaga «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev prezident etib tayinlangan.

"Nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyoda ham o‘z nomi va o‘rniga ega bo‘lgan «Bunyodkor» futbol klubi rahbariyatida kuni kecha o‘zgarish ro‘y berdi. Jamoamiz bosh homiysi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Abdullayev Mehriddin Razzoqovich «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti etib tayinlandi.

2017 yildan shu kunga qadar «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining moliya va iqtisodiyot bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Ashurov Ulug‘bek Murodilloyevichga so‘ngi yillar davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgani, qiyin vaqtlarda yordamini ayamay, yonma-yon, yelkama-yelka turib, g‘amxo‘rlik qilgani uchun butun klubimiz rahbariyati, futbolchilari, murabbiylari va xodimlari nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

O‘z navbatida, Abdullayev Mehriddin Razzoqovichga «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimi davrida katta omad va zafarlar tilab, bu insonning rahbarligida «Bunyodkor»ning shonli tarixi qaytishiga, jamoamiz yana chempionlik uchun kurashishiga, Osiyo chempionlar ligasida yana muntazam tarzda to‘p surishiga ishonamiz!
" - deb yoziladi klub bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor"da yangi prezident ish boshladi. U O‘zbekistondagi eng yirik tashkilotlardan birining rahbari