
Foto: Twitter/@trboxing
Top Rank promouterlik kompaniyasi boks bo‘yicha super yengil vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun kechadigan jang sanasini ma’lum qildi.
WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Xose Karlos Ramires (26-0, 17 KO) IBF va WBA kamarlari sohibi Josh Teylor (17-0, 13 KO) bilan to‘qnash keladi. Yengilmas bokschilar o‘rtasidagi jang 2021 yilning 22 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Jangning qayerda o‘tkazilishi va o‘sha kungi musobaqa kardidan yana kimlarning jangi o‘rin olishi haqidagi ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishi aytildi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, jangga Las-Vegas (AQSH) shahri mezbonlik qiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) va Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) harakat qiladi.
WBA reytingida Shahram 6-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, undan keyingi pog‘onada Shohjahon bormoqda. Ergashev shuningdek, IBF (6-o‘rin) va WBO (13) yo‘nalishlarida ham top-15 likdan joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar